Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman: Albatta, Alloh huzuridagi eng maqbul din Islomdir!  

Qur'oni karim
Hadisi sharif
Islomiy yangiliklar
Namoz o'qishni o'rganuvchilar uchun
Islomiy kitoblar
Islomiy maqolalar
Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Mashhurlarning hikmatli so'zlari
Islomiy she'riyat
Islomiy saytlar
Namoz vaqtlari
Islomiy fotogalereya
Ziyo Uz Forumi
Mehmonxona
 
- INFO MARKAZ -
So‘nggi o‘zgartirilgan sana:

Designed by AbdulAziz
- ESLATMA -
Saytimizdan maqolalar olib chop etilganda www.ziyouz.com dan olinganligi ko'rsatilishi shart
- SAYTIMIZ REYTINGI -
- ISLOMIY HIKOYATLAR -

Najot arqonini mahkam ushlang ...
— Ular qiyomatda dunyodagi tahoratlari sababidan peshonalari va oyoqlari nurli bo‘lgan holda keladilar. Men ulardan oldin havzi Kavsarga borgan bo‘laman. Ogoh bo‘linglar, bir qancha kishilar hovuzimdan adashgan tuyani haydagandek haydaladilar. Men ularga, bu yoqqa kelinglar, deb nido qilaman. Menga aytiladiki, ular sizdan so‘ng dinni o‘zgartirishgan. Shunda men: «Uzoq bo‘linglar, uzoq bo‘linglar», deyman. >>>

Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishibdi. Boylik aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam saroyda bo'laman. Ilm aytdi:
- Agar men yo'qolib qolsam, masjid va madrasalardan izlanglar o'sha yerda bo'laman.
-Agar men yo'qolib qolsam,-  debdi Or-nomus,- izlab o'tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar. >>>
hamma hikoyatlar

- BARCHA HIKOYATLAR -
- QISQA HIKOYATLAR -

Ayyor tulki. Arslon, bo‘ri va tulki uchovlon birga ov ilinjida o‘rmonga borishdi. Aslida arslon tengi bo‘lmagan tulki bilan bo‘rini ovda sherik qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo “jamoat bo‘lishda baraka bor” deyilgani uchun bu safar shuni ixtiyor qildi. >>>

“Allohim! Men bilan gaplash!”. Kunlardan biri, bir odam qo'llarini osmonga cho'zib yolvordi: “Allohim! Men bilan gaplash!”... >>>

Dunyoning eng go'zal asari. Mashur bir rassom, kunlarning birida dunyoning eng go'zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun dunyoning eng go`zal narsa nima bo`lishi mumkinligi haqida bilim to`plash uchun katta bir sayohatga chiqdi. >>>

Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi. Keyin onasining oldiga yig‘lab keldi-da: «Ey onajon, singlim nima ish qilardi, menga aytib bering», dedi. «Nima edi?» deb so‘ragan onasiga: «Uning qabrida olov ko‘rdim», deya javob berdi. Shunda onasi yig‘ladi va: «Ey o‘g‘lim, singling namozga beparvo edi va uni vaqtidan kechiktirib o‘qirdi», dedi.

Hech o'ylab ko'rdingizmi?
Mol-davlatimiz ortdi,ammo huzur halovatimiz yo'qoldi.
Qulayliklar ortdi,ammo vaqtimiz kamaydi.
Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi.
Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz.
Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz.
Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz.
Pul topishni o'rgandik, sarfni eplolmadik.
Oyga uchib qaytishni bilamiz,lekin qo'shnimiz holidan habar olish uchun ikki qadam bozmaymiz.
Fazoda nima bo'layotganini bilamiz,lek ichki kechinmalarimizdan behabarmiz.
Havoni tozalaymiz, lekin ruhlarimiz kir.
Rejalar tuzamiz, natijalar ko'rinmaydi.
Shoshilishni o'rgandik, sabrni esa yoddan chiqardik.
Tanishlarimiz ko'p, do'stlarimiz kam.
Yutuqlarimiz ko'p, quvochlarimiz kam.
Ko'p narsani bilamiz, amalimiz kam.
Doimo labimizda kulgu,lek ko'z yoshimiz kam.
Va nihoyat: umrga yillar qo'shdik, ammo ba yillarga hayot bahsh qilolmadik...

         
Copyright © 2004-2006 ZiyoUz.com. All rights reserved ®. E-mail: davronbek@gmail.com