Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman: Albatta, Alloh huzuridagi eng maqbul din Islomdir!  

Qur'oni karim
Hadisi sharif
Islomiy yangiliklar
Namoz o'qishni o'rganuvchilar uchun
Islomiy kitoblar
Islomiy maqolalar
Islom hayotidan ibratli hikoyatlar
Mashhurlarning hikmatli so'zlari
Islomiy she'riyat
Islomiy saytlar
Namoz vaqtlari
Islomiy fotogalereya
Ziyo Uz Forumi
Mehmonxona
 
- INFO MARKAZ -
So‘nggi o‘zgartirilgan sana:

Designed by AbdulAziz
- ESLATMA -
Saytimizdan maqolalar olib chop etilganda www.ziyouz.com dan olinganligi ko'rsatilishi shart
- SAYTIMIZ REYTINGI -

QIRQ FARZ

Islom besh farzni o‘z ichiga oladi:
1. Imon.
2. Namoz.
3. Ro‘za.
4. Zakot.
5. Haj.

Imon yettita farzdan iborat:
1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg‘ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.

Tahoratning farzlari to‘rtta:
1. Yuzni sochlardan xoli joylarini iyak ostigacha va ikki quloq orasidagi qismini yuvish.
2. Qo‘llarni tirsaklari bilan birga qo‘shib yuvish.
3. Boshning to‘rtdan biriga mash tortish.
4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan birga yuvish.

G‘uslning farzlari
1. Og‘izni yaxshilab chayish.
2. Burunni achishguncha yaxshilab chayish.
3. Badanning hamma joyini qoldirmasdan yuvish.

Tayammumning farzlari
1. Niyat.
2. Pok tuproqni qasd qilish.
3. Ikki qo‘lni pok tuproqqa urib yuzga surish.
4. Qo‘llarni yana tuproqqa urib, tirsak bilan qo‘shib qo‘llarga surish.

Namozning farzlari o‘n ikkitadir.
Oltitasi namoz tashqarisida, oltitasi namoz ichida.
Namoz tashqarisidagilar «shart», ichidagilar «rukn» de-yiladi.

Namozning olti sharti
1. Tahorati yo‘qning tahorat olishi, junub bo‘lganning g‘usl qilishi.
2. Badan, kiyim va namoz o‘qiladigan joy toza bo‘lishi.
3. Avrat yopiq bo‘lishi.
4. Qiblaga qarab turish.
5. O‘z vaqtida o‘qish.
6. O‘qiydigan namoziga niyat qilish.

Namozning olti rukni
1. Iftitoh takbiri.
2. Qiyom.
3. Qiroat.
4. Ruku.
5. Sajda.
6. Qa’da (so‘nggi o‘tirish).

Quyidagilar ham farzdir:
1. Ilm olish.
2. Amri ma’ruf, nahyi munkar.
3. Halol mehnat qilish.
4. Rizqni halol yo‘l bilan topish.
5. Shariat halol deb belgilagan narsalarni yeyish.

         
Copyright © 2004-2006 ZiyoUz.com. All rights reserved ®. E-mail: davronbek@gmail.com