|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
- INFO MARKAZ - |
So‘nggi o‘zgartirilgan sana:
Designed by AbdulAziz |
- ESLATMA - |
| Saytimizdan maqolalar olib chop etilganda www.ziyouz.com dan olinganligi ko'rsatilishi shart |
- SAYTIMIZ REYTINGI - |
|
|
|
|
|
Ey, Muhammad! Sizga payg'ambarlarning xabarlaridan dilingizni mustahkam qiladigan qissalarni so'ylab berurmiz va bu
qissalarda sizga haqiqat va pand-nasihat hamda
barcha mo'minlar uchun eslatmalar keldi.
Hud surasi, 120-oyat
Muhammad Zakariyo
“FAZOILUL A’MOL”
(Islom amallarining fazilatlari)
I BOB
QIYINCHILIKLARGA BARDOSH BERISH
1. Payg’ambarning Toifga safari
2. Onas bin Nazrning jafo chekishi
3. Hudaybiya sulhi va Abu Jandal hamda Abu Basir roziallohu anhuma hikoyasi
4. Bilol va uning jafo chekishi
5. Abu Zar Jafarning Islomga o’tishi
6. Habob ibnul Irs (roziallohu anhu) musibati
7. Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi
8. Sohib (roziallohu anhu)ning Islomga qadam qo’yishi
9. Umar (roziallohu anhu)ning Islomga o’tishi
10. Habashistonga hijrat
II BOB
OLLOH TAOLODAN QO’RQISH
1. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallamning bo’ron turishini anglashlari
2. Hazrat Anas (roziallohu anhu)ning bo’ron yaqinlashganda qilgan ishlari
3. Quyosh tutilishi paytida payg’ambar sallollohu alayhi vasallamning sa’y-harakatlari
4. Payg’ambarning tuni bilan yig’lashlari
5. Abu Bakr (roziallohu anhu) va Olloh g’azabi
6. Umar (roziallohu anhu) va Olloh g’azabi
7. Abdulloh ibn Abbos (roziallohu anhu) o’gitlari
8. Tabuk g’azoti vaqtida payg’ambarning Samud harobalari yonidan o’tishi
9. Ka’bning Tabuk safariga qo’shilolmagani sabablari
10. Sahobaning kulgisiga payg’ambarning e’tirozi
11. Xonzalaning munofiqlik azobi
12. Olloh azobi xususida hikoyalar
III BOB
SAHOBALARNING O’Z NAFSLARINI TIYISHLARI VA RO’ZA TUTISHLARI
1. Payg’ambarning oltinni yoqtirmasligi
2. Payg’ambarning ro’za tutish davridagi hayotlari
3. Abu Hurayraning och qolishi
4. Abu Bakrga Baytulmoldan kundalik moddiy yordam berilishi
5. Umar ibn Hattobga kundalik moddiy yordam berilishi
6. Payg’ambar haqida Bilol rivoyatlari
7. Abu Hurayraning och qolishi haqida yana bir rivoyat
8. Payg’ambarning ikki kishi haqidagi fikri
9. Payg’ambarga muhabbatni muhtojlik olib kelishi
10. Al—Anbar safari
IV BOB
XUDOJO’YLIK VA SABR
1. Payg’ambarning shubhali taomni yemasligi
2. Payg’ambarning uyqusiz tunlari
3. Abu Bakr (roziallohu anhu) va bir karomatchining taomi
4. Umar (roziallohu anhu)ning sadaqa sutini qayt qilishi
5. Abu Bakr (roziallohu anhu)ning o’z bog’ini Baytul—molga berishi
6. Ali bin Ma’bad rivoyati
7. Alining qabr oldidan o’tishi
8. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam bir kun debdurlarki:
9. Umar (roziallohu anhu) xotinining mushkni tortishini istamagani
10. Umar bin AbdulAzizning boshliqni bo’shatishi
V BOB
SALOT (NOMOZ)GA O’ZINI BAG’ISHLASH
1. (Farz bo’lmagan) nafl ibodatchilarini rag’batlantirish
2. Payg’ambar sallolollohu alayhi vasallamning butun tunni nomozga bag’ishlashlari
3. Payg’ambarning nomozda Qur’on tilovat qilishlari
4. Ba’zi atoqli sahobalar nomozi
5. Muhojirning nomozi va ansorning qo’riqlashi
6. Abu Talxa (roziallohu anhu) va uning nomozi
7. Ibn Abbos va uning nomozi
8. Sahobalarning nomoz vaqtida savdoni to’xtatishlari
9. Xubob, Zayd va Azimning azob-uqubati
Tarjimon: Yo’ldosh Sayid A’lo
Toshkent, “Cho’lpon” nashriyoti, 1993-yil
**************************
I BOB
QIYINCHILIKLARGA BARDOSH BERISH
Olloh yo’lida payg’ambar sallollohu alayhi vasallam va uning turli toifadagi sodiq do’stlari uchragan qiyinchiliklarni zamonaviy musulmonlarning tasavvur etishlari, bu qiyinchiliklarga chidashlari yoki hatto chidashga harakat qilishlari juda mushkuldir. Tarixiy kitoblar ularning azob-uqubatlari bayon etilgan hikoyatlarga boydir. Afsuski, biz ana shunday hodisalarga nihoyatda befarqmiz, bu boradagi bilimlarimiz ham yetarli emas. Bu bobni men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam haqidagi hikoyadan boshlayman, niyatim Olloh duosini olish, ishonchim komilki, bu ishda kaminaga Olloh madadkor bo’lg’ay.
1. Payg’ambarning Toifga safari
Olloh o’z topshirig’ini berish uchun payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni tanlagandan beri o’tgan to’qqiz yil davomida u zot Olloh nomalarini Makkada o’qib yurdilar va o’z jamoasini boshqarish hamda shakllantirishga bor kuchini sarfladilar.
Islomni qabul qilgan yoki qabul qilmasa ham unga yordam bergan ba’zi shaxslardan tashqari Makkadagilarning barchasi payg’ambarni va uning izdoshlarini ta’qib qilib tosh otishar va taxqirlashardi. Payg’ambarning amakisi Abu Tolib islom qavmida bo’lmasa ham unga ko’maklashgan qalbi pok insonlarning biri edi.
Bir yil o’tib, Abu Tolib o’lganida, qurayshiylar o’zlarini erkin his etib, hech bir to’siqqa uchramay, pastkashliklarini kuchaytirib yubordilar. Hijozning ikkinchi eng katta shahri Toifda Banu Soqif qabilasi eng kuchli qabilalardan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ularnn Islomga bo’ysundiraman degan ishonch bilan Toifga bordilar. Quraysh quvg’inidagilardan ancha qismi Toifda boshpaka topgandi. Shu bilan Islomni kelgusida targ’ib qilishga asos solingan edi. Toifga yetib borgach, payg’ambarimiz Banu Soqif qabilasi boshliqlaridan uchtasi oldiga alohida-alohida tashrif buyuradilar, ularning har biri oldiga Olloh nomasini qo’yib, islomga kirishga da’vat etadilar. Qabila boshliqlari payg’ambarni eshitishni ham istamaydilar, mehmondo’stlikni ham unutib payg’ambarga o’ta jirkanch va qo’pol muomala qilishadi. Ular payg’ambarning shaharda turishini istamasliklarini ochiq-oydin aytishardi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ulardan samimiy muomala, iltifot kutgan edilar, chunki ular qabila boshliqlari edi-da. Ammo ulardan biri istehzo bilan dedi:
«Hey, seni biz emas, Olloh payg’ambar qildiku!»
Ikkinchisi mazax qilib dedi:
«Olloh payg’ambar qilaman deb, sendan boshqa biror kimsani topa olmabmidi?»
Uchinchisi masxarabozlik qilib o’shqirdi:
«Men sen bilan gaplashishni xohlamayman, mabodo sen payg’ambar bo’lsang, unda senga qarshi chiqish - tashvish orttirishni anglatadi, mabodo sen o’zingcha payg’ambarman demoqchi bo’lsang, nega endi sendaqa qallob bilan so’zlashar ekanman?»
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam bardoshlilik va sodiqlikda ikkilansalar-da, qabila rahbarlarining nazorati qarshisida o’zlarini yo’qotib qo’ymadilar, aksincha oddiy odamlarga yaqin borishga harakat qilaverdilar, biroq hech kim unga quloq solmadi. Ular payg’ambardan shaharlarini bo’shatib qo’yishni, xohlagan joyiga ketishini talab etishdi. Barcha uri-nishlar bekor ekanini fahmlagach, payg’ambar shaharni tark etishga qaror qildilar. Boshliqlar payg’ambarning osoyishta chiqib ketishiga yo’l qo’yishmadi, u zotning orqasidan ko’cha bezori bolalarni yuborib, hushtak chalish, baqirish, mayna qilish, hatto u zotni tosh bo’ron qilishga undashdi. U zotga shunchalar ko’p tosh otishdiki, butun badanlari qon bo’lib ketdi, poyafzali oyoqlarini siqib tashlagan edi. Shaharni qayg’uli ahvolda tark etdilar. Shahardan uzoqlashgach, Egam yordamida omon qolib, Ollohga shunday deb iltijo qildilar: «Oh, Egam! Men senga kudratim kamligidan, mablag’im yetmasligidan, odamlar ko’zi o’ngida qadr-kimmatim yo’qligidan shikoyat qilaman. Ey, barcha shafqatlilardan eng shafqatlisi! Sen kuchsizlar zgasidirsan, xususan, mening Egamdirsan. Sendan o’zga kimga ishonay! Meni yoqtirmaydigan, menga qovog’ini soladigan g’animlargami yoki sen mening ishlarimni nazorat qilib turishni topshirgan bevatanlargami? Sening himoyangga muhtojman. Men sening nuringdan boshpana izlayman - nuring jannatni yoritadi, korong’ulikni nurafshon qiladi, bu dunyo va oxirat ishlarini nazorat qiladi. Meni g’azabingga aslo duchor qilmagin, mendan norizo bo’lib qolishingdan saqla. Seni rozi qilish uchun bor kuchimni sarflayman. Sendan o’zga na kuch, na qudrat yo’q!»
Osmon kuchlari iltijo orqali harakatga keltiriladi. Jabroil alayhissalom: «Assalomu alaykum», deb payg’ambar sallollohu alayhi vasallam oldida paydo bo’ldilar va dedilar:
«Sen va manavi odamlar o’rtasida bo’lgan barcha narsalarni Olloh biladi. Olloh tog’larni sening amringga bo’ysundirish uchun bir farishtani vakil qilib yubordi».
Shunday deya Jabroil alayhissalom ul farishtani payg’ambar oldiga boshlab kirdi. Farishta payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni olqishladi va dedi:
«Ey, Ollohning payg’ambari! Men sening xizmatingdaman. Agar istasang, mana shu shaharga ikki tomondan qarab turgan tog’larni to’qnashtirib yuborolaman, bu yerdagi barcha odamlar o’lib ketadi yoki sen ularga boshqacha bir jazoni taklif qilishing mumkin».
Rahm-shafqatli va olijanob payg’ambar sallollohu alayhi vasallam: «Mabodo bu kishilar Islomni qabul qilmasalar ham, ularning avlodlari Ollohni qadrlaydi. Olloh ishiga xizmat qilishiga mening ishonchim komil», dedilar.
2. Onas bin Nazrning jafo chekishi
Onas bin Nazr roziallohu anhu Badr jangida ishtirok etolmagan sahobalardan biri edi. Islom yo’lida birinchi va eng namoyishkorona jangda qatnashish sharafiga muyassar bo’lmaganidan juda afsuslanardi. Nazr uzoq kutmadi. Kelasi yiliyoq Uxud jangi boshlandi. U eng yaxshi niyatlar bilan qo’shinga qo’shildi. Ahvol og’irligiga qaramay, musulmonlar qo’li baland edi, ba’zi odamlar xato qilganlarida musulmonlar mag’lubiyatga uchrashga majbur bo’lardilar. Payg’ambar sallolohu alayhi vasallam ellikta o’qchini dushman otliq askariga qarshi kurashda orqa tomonni qo’riqlash uchun jo’natdilar. Yolar payg’ambardan buyruq bo’lmaguncha o’rinlaridan qo’zg’almasliklari haqida aniq ko’rsatma oldilar. Ammo dushmanlar musulmonlarning g’olib chiqishayotganini ko’rgach, jang tamom bo’lganiga ishonch hosil qilib, jang maydonlarini tashlab ketdilar. To’da boshlig’i payg’ambar farmonini eslatib, ularni oxirgi marta sinab ko’rmoqchi bo’ldi va qolishni taklif qildi, biroq unga o’ntacha odam quloq soldi, xolos. Ular payg’ambar sallollohu alayhi vasallam farmoni faqat qizg’in jang jarayoniga aloqador edi, deb bahslashishardi. Dushman otliq askarlari orqa tomon himoyasiz qolganini payqab qoldilar va yon tomondan harakat qilishib, musulmonlarning orqa tomoniga o’tib oldilar va ularni ishg’ol etdilar. Shu ahvolda Onas roziallohu anhu oldidan o’tib ketayotgan Sa’d bin Ma’ozni ko’rdi. Onas unga qichqirdi:
«Ey, Sa’d! Qayerga ketyapsan?»
«Olloh yoniga! Uhud tog’idan kelayotgan jannat iforini tuyyapman».
Shunday deya, Onas o’zini dushmanning eng quyuq joyiga otdi, tish-tirnog’i bilan kurashib azob-uqubatga qoldi. Jangdan so’ng, opasi uni badanlari mo’mataloq va mayib kilingan holda shilingan barmoqlaridan tanib oldi. Badanida saksondan ortiq yoy va qilich jarohati bor edi.
3. Hudaybiya sulhi va Abu Jandal hamda Abu Basir roziallohu anhuma hikoyasi
Hijratning 6-yilida payg’ambar sallollohu alayhi vasallam o’z hamrohlari bilan Qa’bani ziyorat qilish (Umra) niyatida Makkaga jo’nadilar.
Qurayshiylar bu xabarni eshitib, payg’ambarning haj qilishiga qarshilik ko’rsatdi, shunda payg’ambar Hudaybiyaga qo’nishga majbur bo’ldilar. Sadoqatli sahobalar, 1400 nafar jangchi ochiqchasiga urishib bo’lsa ham Makkaga kirishga qaror qildilar, ammo payg’ambar sallollohu alayhi vasallam masalaga boshqacha yondoshdilar va sahobalarning urishga bo’lgan chanqoqligiga qaramay, Qurayshning barcha shartlarini to’laligicha qabul qilib, bitim tuedilar.
Bu bir taraflama, yoqimli sulh tuyulsa-da, sahobalar uchun uning yutumi juda achchiq bo’ldi, biroq sahobalar payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga sodiqliklari tufayli, hatto Umar roziallohu anhu kabi eng hurmatli kishining ham qarshiligiga qaramay, payg’ambar qaroriga ko’shildilar. Hazrati Umarning ham payg’ambar qaroriga qo’shilishdan boshqa chorasi qolmadi. Bitimning bir bandida aytilishicha, sulh jarayonida Islomga o’tganlar qaytarib beriladi. Islomdan qaytib, Quraysh tomonga qochganlarga bu band aloqador bo’lmaydi.
Makkadagi yagona musulmon, Abu Jandal roziallahu anhu qurayshlar qo’lida qattiq ta’qib ostida iztirob chekardi. Qurayshlar Abu Jandalni doimo kishanda tutishardi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Hudaybiyaga kelganini Abu Jandal eshitib, sulhga imzo chekilayotgan paytda bir amallab qochadi va musulmonlar joylashgan yerga yetib kelishga iloj topadi. Uning otasi, Suhayl (bu paytda u musulmon emas edi), sulh muzokaralari jarayonida qurayshlar vakili edi. Otasi Abu Jandal (roziallohu anhu) ning yuziga tarsaki qo’yadi va Makkaga qaytarib olib ketishlarini o’tinib so’raydi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam o’shanda sulh hali yozilmaganini, uni Abu Jandal ishiga qo’llash befoyda ekanini namoyish qildilar. Suhayl harchand hech narsaga quloq solmas, o’g’lining musulmonlar bilan qolishi haqida payg’ambar sallollohu alayhi vasallamning shaxsiy iltimosini rad etar, hatto sulhni ham inkor etishga tayyor edi. Abu Jandal roziallohu anhu ko’pchilik musulmonlar boshidagi qiyinchiliklarni hisobga olib, ovozi boricha qolishga e’tiroz bildirdi. Sahobalar g’am-g’ussalariga qaramay, payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Abu Jandalning qaytishiga rozi bo’ldilar. Shunday deb, payg’ambar Abu Jandalga sabr-toqat tiladilar:
«Qayg’urma, Abu Jandal, Olloh senga qisqa yo’l ochgusidur».
Sulhga imzo chekilgach, payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga qaytib bordilar. Yana bir makkalik musulmon Abu Basir (roziallohu anhu) Madinaga qochib ketadi va payg’ambardan himoyat so’raydi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam uning yolvorishlarini rad etdilar, sulx shartlariga qarshi o’laroq Abu Basirni berishni talab etib kelgan, qurayshlar vakil qilib yuborgan ikki kishi qo’liga topshirdi. Payg’ambar Abu Jandal (roziallohu anhu) ga sabrli bo’lishni maslahat bergani kabi, Abu Basirga ham sabr-toqatli bo’lishni, Olloh madadiga ishonishni maslahat berdi. Abu Basir va qo’riqchilari Makkaga ketishayotganlarida, Abu Basir (roziallohu anhu) ulardan biriga dedi: «Do’stim, qiliching nihoyatda ajoyib ekan». U kimsa maqtovga uchib, kilichini qinidan chiqardi va dedi:
«Ha, haqiqatan juda ajoyib, men juda ko’p kishilarda uni sinovdan o’tkazganman. Mana, bir boqqin».
Ahmoqlik qilib, u qilichni Abu Basir (roziallohu anhu) ga uzatdi, u esa tezda o’z egasini «sinab ko’rdi» — jonidan judo qildi. Boshqasi bo’lsa, oyog’ini qo’liga olib, payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga xabar berish uchun Madinaga yetib bordi. Shu zamon Abu Basir (roziallohu anhu) xam yetib keldi. Abu Basir payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga dedi:
«Ey, Ollohning payg’ambari, siz "bir paytlar menga qarab, sulh burchlaridan o’zingizni xalos etgan edingiz. Men hech qanday burchni ado etishim shart emas edi, ayyorlik bilan qochib qutulishni mo’ljalladim, chunki meni o’z e’tiqodimdan voz kechishga majbur etishlari-dan qo’rqdim».
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ta’kidladilar:
«Sen urush olovini yoquvchisan. Men senga yordam berishlarini istayman». Abu Basir (roziallohu anhu) bundan qurayshlar talab qildimi, demak uni o’sha yerga yana kaytarilishi lozimligini tushundi. U Madinadan dengiz qirg’og’idagi bir sahroga qochib ketdi. Abu Jandal (roziallohu anhu) qochishni mo’ljallab, unga qo’shildi. Makkadagi ko’pgina musulmonlar unga ergashdilar, bir necha kun ichida qochoqlarning kichiq bir guruhi sahroga to’plandi. Ular sahroda chidab bo’lmas darajada iztirob chekishlari kerak edi, chunki u yerda na inson va na o’simlik bor edi. Ularni qurayshlar uchun shartnomada qayd etilmagan ulkan talofatlar kutar edi, ularning karvonlari o’tadigan yo’lda shamol kuchli edi. Bu qurayshlarni payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga yaqinlashishga majbur etdi, qochoqlarni Madinaga chaqirish ishiga payg’ambar aralashishini iltijo qilishdi, chunki shunday qilishsa, ular boshqa musulmonlar singari shartnoma bandlari vositasida cheklanishlari hamda karvonlar bexatar o’tishi mumkin edi. Aytishlaricha, payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Abu Basir (roziallohu anhu) ning Madinaga qaytishiga ruxsati haqidagi maktub yetib borganida, u o’lim to’shagida bo’lgan. Payg’ambar xatini ushab turib, Abu Basir olamdan o’tadi.
4. Bilol va uning jafo chekishi
Bilol (roziallohu anhu) payg’ambar masjidida sahobalar zumrasining eng mashhuri bo’lib, muazzin vazifasida edi. U Makkada habashistonlik e’tiqodsiz qullardan edi. Uning Islomga o’tishi tabiiyki, xo’jasiga yoqmasdi, shuning uchun uni rahm-shafqatsiz ta’qib qilishdi. Islomning ashaddiy dushmani Umayya bin Xolaf ayni choshgohda uni qizib turgan qumga yotishga majbur qiladi, ko’kragiga tana a’zolari qimirlamasligi uchun og’ir tosh bostiradi. So’ngra Ummaya Bilolga deydi:
«Islomni rad et yoki dimiqib o’l».
Ana shu iztirobda ham Bilol (roziallohu anhu) xitob qiladi:
«Allohu Ahad! La ilaha illalloh!»
Tunda Bilolni rosa savalashadi, kuni bilan issiq joyda yotishga, yo Islomni rad etishga, yo jarohat azobidan qiynalib o’lishga majbur etishadi. Jazolovchilar toliqishadi, navbat Abu Jahl, Ummaya va boshqalarga keldi, jazo berishda kim eng ko’p azob berish borasida raqobat bo’ldi, ammo Bilol (roziallohu anxu) bo’sh kelmadi. Nihoyat Abu Bakr (roziallohu anhu) ko’magi ila ozodlikka chiqdi va erkin musulmon bo’ldi.
Makka ixlosmandlari ko’p «xudolar» va ma’budlarning jajji butlariga e’tiqod qo’ygan bir paytda, Islom shak-shubhasiz qudratli yaratguvchi - yagona deb ta’lim berdi, shuning uchun Bilol:
«Allohu Ahad, Allohu Ahad», dedi.
Bu uning Ollohga muhabbati va sadoqatini ifoda etadi. Olloh Bilolga shu qadar qadrliki, hech qanday ta’qib, uning muqaddas nomini qiroat qilib aytishdan chalg’itolmaydi. Aytishlaricha, Makkadagi bevosh bolalar Bilolni ko’chalarda sudrashar, uning «Ahad! Ahad!» degan so’zlari bedor bolalar qulog’ida jaranglardi.
Qarang-a, Olloh Bilolning bardoshliligini qanday taqdirladi! U payg’ambar muazzini bo’lish sharafiga erishdi. Bilol uyda ham, xorijda ham payg’ambar bilan hamisha birga bo’lishi, ibodatdan oldin azon aytishi lozim edi. Payg’ambar vafotidan keyin Madinada qolish unga juda qiyin bo’ldi, u yerda Bilol har qadamda, har burchakda payg’ambarni qo’msardi. Shuning uchun Bilol Madinadan ketadi, qolgan umrini Olloh yo’lida xizmat qilishga sarflashga ahd qiladi. Bir kuni u payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Bilolning tushida shunday deyayotganini payqab qoldi:
«E, Bilol! Nega meni ko’rgani hech kelmayapsan?»
Bilol tez o’rnidan turib, Madinaga otlandi. U yerga yetib borishi bilan Hasan va Husan (roziallohu anhu) azon aytishni iltimos qilishdi. Bilol ularning iltimoslarini rad etolmadi, chunki ular Bilol uchun juda qadrdon edilar. Azon aytilishi bilanoq, Madina ahli payg’ambar o’tgan baxtli damlar xotirasi azob berishini ochiqdan-ochiq izhor etishdi. Hatto ayollar uylaridan ayyuhannos solib yig’lab chiqishdi. Bilol (roziallohu anhu) bir necha kundan keyin yana Madinani tark etdi va Damashqda 20-hijriy yilida vafot etdi.
5. Abu Zar Jafarning Islomga o’tishi
Abu Zar Jafar (roziallohu anhu) xudojo’yligi va bilimdonligi bilan sahobalar orasida juda mashhuridir. Ali (roziallohu anhu) shunday derdi:
«Abu Zar boshqa kishilar egallashga qodir bo’lmagan bilimlar konidir».
Abu Zar dastlab payg’ambar safari haqida xabar topganida, u akasini Makkaga borishga va Ilohiy haqiqatni qabul qiluvchi «shaxs»ligini o’rganishga vakil qilib yubordi. Uning akasi tegishli ma’lumotlarni olib qaytdi va Muhammad sallollohu alayhi vasallamni topganini, u yaxshi xulqli, oliy darajada xushmuomala kimsa ekani haqida xabar berdi. Bu xabar Abu Zarni qoniqtirmadi va u Makkaga borishga, dalillarni o’zi aniq bilishga ahd qildi. Makkaga yetib borgach, to’g’ri Haramga keldi. U payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni tanimaydi ham, (o’sha paytda hukmron bo’lgan shart-sharoitga ko’ra) biror kimsadan payg’ambar to’g’risida ma’lumot olishni o’ziga ep ham ko’rmadi. Qorong’ulik tushganida, Ali (roziallohu anhu) uni payqab qoladi, uning begonaligini sezadi, lekin kamsitmaydi, chunki mehmondo’stlik, musofirlarga, kambag’al va begonalarga g’amxo’rlik qilish sahobalar odati edi. Shu boisdan u Abu Zarni o’z uyiga boshlab keldi. U Abu Zardan Makkaga tashrif buyurishidan ko’zda tutilgan maqsadni so’ramadi, Abu Zarning o’zi ham bu haqda churq etmadi. Ertasi kuni ham Haramga bordi va payg’ambar kimligini bilolmay, qorong’i tushguncha o’sha yerda turdi. Darhaqiqat payg’ambar va uning hamrohlari Makkada ta’qib qilinishini hamma bilardi va Abu Zar payg’ambar sallollohu alayhi vasallam haqidagi so’rovlar natijasidan xavotirda edi. Ali (roziallohu anhu) Abu Zarni yana uyiga olib ketdi, ammo uning bu shaharga tashrifidan ko’zda tutilgan maqsad hakida yana gap ochmadi. Uchinchi kecha Ali oldingi ikki tun haqida gap ochganida Abu Zardan so’radi:
«Og’a, sen bu shaharga ne niyatda kelding?»
Javob berishdan oldin Abu Zar Ali roziallohu anhudan chin so’zlashga kafolat oldi, undan keyin Muhammad sallollohu alayhi vasallam xaqida so’radi. Ali roziallohu anhu javob berdi:
«U zot Ollohning chinakam payg’ambari. Ertaga menga hamroh bo’lsang, seni unikiga olib boraman. Biroq juda ehtiyot bo’lishing kerak, men bilan aloqangni nihoyatda kam odam bilishi kerak, yana tashvishga tushib qolma. Yo’l-yo’lakay biror hodisa ro’y bersa, men biror zarurat sezsam, poyafzalimni to’g’rilasam, sen to’xtamay ketaverasan, odamlar bizni sherik deb o’ylamasliklari kerak».
Ertasi kuni, Abu Zar Ali roziallohu anhuga hamroh bo’ldi. Ali uni payg’ambar sallollohu alayhi vasallam oldiga olib bordi. Birinchi uchrashuvdayoq Abu Zar Islomni qabul qildi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam qurayshlar unga zarar yetkazishlaridan cho’chib, Islom haqida ochiqdan-ochiq da’vat qilishni man etdi, o’z qabilasi rahbari oldiga qaytib borishni taklif etdi. Musulmonlar qo’li baland kelganidagina qaytib kelishini iltimos qildi. Abu Zar roziallohu aihu javob berdi:
«Ey, Olloh payg’ambari! Qalbim ustoziga (Allohga qasamki) kalimani ana shu xudosizlar orasida yod aytishim shart».
So’zi chinligi uchun Abu Zar to’g’ri Haramga borib, olomon o’rtasida ovozi boricha Qalimai Shahodatni qiroat qildi:
«Ashhadu alla ilaha illalloh, ashhadu anna Mu-xammadun rasululloh!»
«Ollohdan boshqa xudo yo’qligiga men shohidman. Muxammad uning payg’ambari ekaniga shohidman».
Mushriklar unga har tarafdan yopirilib tashlanishdi, mabodo Abbos (payg’ambarning amakisi, o’shangacha xali Islomni qabul qilmagan edi) Abu Zarni qutqarmaganida, uni urib o’ldirishardi. Abbos olomonga dedi: «Uning kimligini bilasizlarmi? U G’afur qabilasiga mansub, Shomga olib boradigan karvon yo’lida yashaydi. Agar u o’ldirilsa, bizning yo’limizni to’sib qo’yishadi va biz u mamlakat bilan savdo qila olmay qolamiz».
Bu ularni hushyorlikka chaqirdi va Abu Zarni tinch qo’yishdi.
Ertasi kuni Abu Zar roziallohu anhu xavfli e’tirofni yana takrorladi. Abbos yana o’rtaga tushib, ikkinchi marotaba qutqarmaganida olomon uni albatta urib o’ldirardi.
Abu Zar (roziallohu anhu) sa’y-harakati tufayli kalimai shahodatni xudosizlar orasida qiroat qilish mumkin bo’lsa-da payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Abu Zardan kalimani qalbida aytishlikni talab qildi. Aks holda u (Abu Zar) qiyinchiliklarga duchor bo’ladi, da’vat qilish og’irlashadi. Bunday paytda bo’ysunmaslik yomon oqibatlarga olib keladi, Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam o’zlari Islom maktublarini tarqatishda turli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda: Abu Zar roziallohu anhu ham payg’ambar izidan borishni o’ziga munosib ko’rdi, xavfdan qochish uchun payg’ambar ruxsatidan foydalanishni afzal deb bildi.
6. Habob ibnul Irs (roziallohu anhu) musibati
Habbob (roziallohu anhu) ham payg’ambardan duo olgan va Olloh yo’lida jafo chekishga, o’zini qurbon qilishga tayyor kimsalardandir. U Islomga o’tgan oltinchi yoki yettinchi shaxsdir, shuning uchun u uzoq vaqt azob chekdi. Unga temir sovut kiygizib, quyoshda yotqizishdi. Ko’pincha uni qaynoq qumda yotishga majbur qilishar-di, bir qavat eti tushib ketardi. U bir ayolning quli edi. Habbob payg’ambar sallolohu alayhi vasallamni ko’rgani borishini bilib qolsa, o’sha ayol Habbob boshini dazmol bilan kuydirardi. Umar (roziallohu anhu) xalifalik davrida Habbob Islomga o’tgan vaqtlarida tortgan azob-uqubatlari haqida mufassal ma’lumot berdi. Habbob Umarga yelkasini ko’rsatdi. Uni ko’rib, Umar (roziallohu anhu) ta’kidladi: «Men bunaqa yel-kani ilgari hech ko’rmaganman». «Mening tanamni yonib turgan ko’mir cho’g’i ustidan sudrashgan, qoni va yog’i olovga tashlangan»,— dedi u. Aytishlaricha, Islom tarqalganida va musulmonlar barcha el-yurtlarni zabt etishganida, Habbob ho’ngrab yig’lar va:
«Olloh bizning barcha azob-uqubatlarimiz evaziga bu dunyoda tovon beryapti shekilli, biz uchun mukofot sifatida oxiratga hech narsa qolmayapti», der ekan.
Habbob (roziallohu anhu) hikoya qiladi:
«Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam bir kuni salovot qilayotib yangicha zakot ado etdilar. Sahobalar bu haqda payg’ambarga eslatganlarida u zot: «Bu — mushtoqlik va itoat salovoti. Men Ollohdan uch yaxshi narsani o’tinib so’radim:
«Ey, Olloh! Ummatlarimni ochlikdan o’ldirma, ummatlarimning dushmanlari ustidan g’olib kelishlarini man’ etma, ummatlarim o’zaro jang qilishlarga yo’l qo’yma!
Olloh birinchi ikkita iltijoni ma’qulladi, xolos. (Uchinchisini rad etdi)», dedilar.
Habbob (roziallohu anhu), hijriy o’ttiz yettinchi yili vafot etdi. U Kufaga dafn etilgan sahobalardan birinchisidir. Ali (roziallohu anhu) uning mozori oldidan o’tayotib dedi:
«Habbob (roziallohu anhu) ni Olloh rizo kilsin va rahmat aylasin. U Islomni bajonidil qabul etdi. U, Olloh yo’liga sidqidildan qadam qo’ydi va butun hayotini Islom uchun kurashib, azob-uqubat chekib o’tkaedi. Duo olgan — jazo kunini yodda tutgan shaxs, qiyomatga o’zini tayyorlaydi, bu dunyodan oz bo’lsa-da rizoligini izhor etadi, o’z egasini mamnun qilishga qodir bo’ladi».
7. Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi
Ammor (roziallohu anhu) va uning ota-onasi ham juda dahshatli musibatga qolgan edilar. Ularga Makkaning qaynoq qumlarida azob berilgan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ular yonidan o’tib ketayotib, ularga sabr-toqatli bo’lishlarini aytib, jannat haqida yaxshi xabarlar yetkazdilar. Ammorning otasi Yosir (roziallohu anhu) ta’qib qiluvchilar qo’lida, uzoq iztirobdan keyin vafot etdi, onasi Sumayya (roziallohu anho) Abu Jahl tomonidan vahshiyona o’ldirildi. Islomda birinchi masjid Ammor (roziallohu anhu) tomonidan qurildi.
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga ko’chib kelganlarida, Ammor (roziallohu anhu) unga bino qurib berishni taklif qildi, u yerda payg’ambar o’tirishi, kunduzi dam olishi va salovot aytishi (nomoz o’kishi) mumkin edi. U Islom dushmanlariga qarshi bor kuchi va jasorati bilan kurashdi. Bir kuni u jangda kurashayotib, quvonch bilan dedi:
«Men hademay do’stlarim bilan uchrashaman. Men Muhammad sallollohu alayhi vasallam va uning hamrohlari bilan uchrashaman».
So’ngra u suv so’radi. Unga sut berishdi. U sutni ichdi va dedi:
«Men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam menga: «Sut sening bu dunyodagi hayotingda oxirgi nasibang bo’ladi, deganlarini eshitdim».
Ammor o’zi mushtoq bo’lgan paytgacha kurashdi. U o’sha paytda to’qson to’rt yoshda edi.
8. Sohib (roziallohu anhu)ning Islomga qadam qo’yishi
Sohib va Ammor (roziallohu anhuma) bir paytning o’zida musulmon bo’lishdi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Arqamnikida turardilar. Sohib va Ammor ikkalovi alohida-alohida bir niyatda Islomni qabul qilish uchun kelishdi, bir-birlarini uy eshigi oldida uchratishdi. Sohib (roziallohu anhu) ham o’sha davrning boshqa kambag’allari singari ta’qib qiluvchilar qo’lida ko’p aziyat chekkan. Nihoyat Sohib Madinaga ketishga ahd qildi. Quraysh mushriklari bunga chidamadi, Sohib ketganidan bir oz keyin uni ta’qib qilib, Makkaga qaytarib olib kelish uchun bir guruh jo’natdi. Bu guruh Sohibga yaqin kelishi bilan Sohib ularga baqirdi:
«Bilasizlar, men barchangizdan ham yaxshi merganman. Yoydan o’q uzaman. Yonimda bir dona yoy qolgan. Menga yaqin kelolmaysizlar, barcha yoylarimni tamomlayman, sizlar bilan qo’limdagi qilich bilan jang qilaman. Xohlasangiz, mening o’rnimga, men Makkada qoldirgan pullarimni va cho’rilarimni olinglar».
Ular rozi bo’lishdi. Soxib ularga o’z pullari qaerdaligini aytdi, ular uning Madinaga borishiga ruxsat etishdi. Olloh payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga Qur’ondan yana bir oyat nozil qildi:
«Inson — u Olloh xuzurini izlab o’zini fido qilgan kimsa, Olloh o’z qullariga rahmdildur».
Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam o’sha paytda Qufada edilar. U Sohib (roziallohu anhu) kelayotganini ko’rib: «Foydali bitim, Sohib!»—dedilar.
Sohib (roziallohu anhu) hikoya qiladi:
«Payg’ambar sallolohu alayhi vasallam xurmo iste’mol qilardilar. Men ham unga qo’shildim. Mening bir ko’zim yara edi. U zot: «Sohib! Ko’zing yaraligida xurmo yeyapsan», dedilar. «E, Ollohning payg’ambari, men ularni sog’ ko’zim bilan ko’rib olyapman», deb javob berdim. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam mening xozirjavobligimdan huzur qildilar».
Sohib (roziallohu anhu) juda sahiy bo’lib, o’z pullarini birovlarga ayamay sarflardi. Umar (roziallohu anhu) bir kuni uning o’ta isrof qiluvchi ekanini aytdi. Sohib javob berdi: «Biroq men faqat o’rniga sarflayman». Umar (roziallohu anhu) o’ladigan paytida o’zining dafn marosimida hamma xizmatni Sohib (roziallohu anhu) boshqarishini vasiyat qildi.
9. Umar (roziallohu anhu)ning Islomga o’tishi
Umar (roziallohu anhu) bilan barcha musulmonlar faxrlanishardi. Mushriklar hamon dahshat solishardi. Umar ibn Hattob avvallari payg’ambar sallollohu alayhi vasallamga qarshilik ko’rsatishda sababli edi. Islomni qabul qilishdan avval u musulmonlarni ta’qib qilishda rosa dong taratgandi. Bir kuni, Quraysh jamoasi bir yig’ilishda payg’ambar sallollohu alayhi
vasallamni o’ldirishga biror kimsa ixtiyoriy ravishda chiqadimi, deb da’vat etganida, Umar (roziallohu anhu) bu ishga o’zini tavsiya etgan, bunga hamma hayajonlangan va:
«Rostdanam, cen bunga qodirsan, Umar!»—deb, uni maqtashgandi.
Yosha payt Umar bo’ynida osilib turgan qilichi bilan to’ppa-to’g’ri mudhish topshiriqni ado etgani otlandi. Yo’l-yo’lakay Zuhra qabilasidan Sa’d ibn Vaqqosni uchratdi, Sa’d so’radi: «Qayoqqa, Umar?»
Umar: «Men Muhammadni asfalasofilinga jo’natmoqmoqchiman», deb javob berdi.
Sa’d: «Ammo sen tushunmayapsanmi, bunga javoban Banu Hoshim, Banu Zuhra va Banu Abdu Manof seni o’ldirishmoqchi-ku?»— dedi.
Bu taxdiddan ensasi qotgan Umar: «Sen ham ajdodlar dinini rad etganga o’xshaysan. Avvalo men sening masalangni hal etishim: kerak ekan,» dedi-da, qilichini qindan chiqardi. Sa’d ham «Allohu akbar!» deb qilich yalang’ochladi. Ular yakkama-yakka olishishga chog’landilar, shunda Sa’d dedi:
«Sen avvalo o’z uyingda tartib o’rnatsang ma’qul bo’lardi. Sening singling va kuyoving ikkalasi Islomni qabul qilishdi».
Buni eshitgach, Umarning g’azabi qaynadi va singlisining uyi tomon burildi. Uy eshigi ichidan zanjirlangan edi, er va xotin ikkalovi Habbob (roziallohu anhu) dan Qur’on saboqlarini olmoqda edilar. Umar eshikni taqillatib, singlisiga «Och!»— deb baqirdi. Habbob (roziallohu anhu) Umarning ovozini eshitishi bilan muqaddas Qur’on qo’lyozmasi sahifalarkni olishni ham unutib, ichkari xonalarning biriga yashirindi. Singlisi eshikni ochganida, Umar singlisining boshiga bir urdi va dedi:
«Ey, sen o’zingga o’zing dushman ekansan. Sen ham o’z diningni rad etding».
Singlisining boshidan qon oqa boshladi. Umar ichkariga kirdi va singlisini so’roq qildi: «Nima qilayotgan eding? Men tashqaridan ovozini eshitgan begona kishi kim edi?» Uning kuyovi javob berdi: «Biz bir-birimiz bilan gaplashayotgan edik». Umar unga dedi: «Ota-bobolaringiz e’tiqodidan voz kechib yangi dinga o’tib ketdinglarmi?» Kuyovi javob berdi: «Yangi din afzal va xaq bo’lsa-chi?» Umar g’azab bilan oldinroq bordi, kuyoviga tashlandi, uning soqollarini yulib, vahshiylarcha ura ketdi. Singlisi aralashganida, u singlisining basharasiga shunday qattiq urdiki, sharillab qon ketdi. U axir Umarga singil edi, alam bilan qichqirdi:
«Umar! Biz faqat musulmon bo’lganimiz uchun kal-taklandik. Eshitib ol! Biz musulmonligimizcha o’lishga qaror qildik. Nimani xohlasang, shuni qil».
Umar ozgina hovridan tushib, singlisi yuzidan oqayotgan qonlarini ko’rib, xijolatda qoldi. Habbob (roziallohu anhu) orqasidagi Qur’on sahifalariga ko’zi tushdi. U dedi: «Tuzuk, menga ko’rsat-chi, ular nima?» «Io’q, - dedi singlisi, — sen nopoksan, nopok odam muqaddas kitobga qo’l tekizolmaydi». Umar qattiq turib talab qildi, biroq singlisi Umar to tahorat qilib kelmaguncha, unga hatto sahifalarga ko’l urishga ruxsat etmadi. Nixoyat, Umar yon bosdi. U tahorat oldi, so’ngra sahifalarni o’kiy boshladi. Bu—«Toho» surasi edi. U surani boshidan boshladi. Mana bu yeriga kelganida u butunlay boshqa odam bo’lib qoldi.
«Mening Ollohligim — haq. Mendan boshqa iloh yo’q, faqat men bordurman. Bas, sen mengagina ibodat qil va meni yod etish uchun nomozni to’kis ado et!» («Toho» surasi, 14 — oyat).
U dedi: «Durust, meni Muhammad sallollohu alayhi vasallamga olib boringlar».
Buni eshitib, Habbob (roziallohu anhu) ichkaridan chiqdi va dedi:
«Ey, Umar! Senga xushxabar bor. Kecha (payshanba oqshomida) payg’ambar sallollohu alayhi vasallam Ollohdan so’radi: «Ey, Olloh, sen o’zing nihoyatda sevgan bandalaring yo Umar, yo Abu Hakam qo’shilishi bilan Islomni mustahkamla, — dedi. Payg’ambarning ibodati sening foydangga bo’lsa, ajab emas». (Abu Hakam — Abu Jahlning asl ismi)
Keyin Umar payg’ambar sallollohu alayhi vasallam oldiga bordi va juma kuni ertalab Islomni qabul qildi. Umarning Islomga o’tishi mushriklar uchun dahshatli zarba bo’ldi, biroq musulmonlar hali kamchilik bo’lishib, butun mamlakat ularga qarshi edi. Mushriklar musulmonlarni butunlay yo’q qilib yuborish hamda Islom chirog’ini o’chirish uchun bor kuchlarini sarflashdi. Umar bilan birgalikda musulmonlar Haramda salovot ayta boshlashdi. Abdulloh bin Ma’sud deydi:
«Umarning Islomga kelishi katta tantana, uning Madinaga kelishi buyuk kuch, uning Xalifaga o’tishi musulmonlar uchun ulug’ rizolik».
10. Habashistonga hijrat
Musulmonlar sababli vujudga kelgan qiyinchiliklar va iztiroblar tobora ortib bormoqda edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam nihoyat ularning boshqa joylarga ketishlariga ruxsat etdi. Habashiston o’sha paytda masihiy podshoh (u keyinchalik Islomni qabul qiladi) tomonidan boshqarilardi, u o’zining rahm-shafqatli va adolatliligi bilan mashhur edi.
Nubuvvatning beshinchi yilida rajab oyida birinchi guruh Habashistonga ko’chib ketdi. Guruhda besh erkak va besh ayol bor edi. Quraysh mushriklari ularni tutib olish maqsadida ta’qib qilib izma-iz sohilgacha bordilar, ammo ularning kemalari sohildan uzoqlashib ketgan edi. Guruh Habashistonga yetganida qurayshlar qabilasi Islomni qabul qilgani haqidagi shov-shuvni eshitishdi. Ular shak-shubhasiz yangilikdan juda mamnun bo’lishdi va mamlakatlariga qaytishdi. Makkaga yaqinlashayotib, ular haligi ovoza yolg’onligini va ta’qib hali susaymaganini bilishdi. Ba’zilari Habashistonga qaytib borishga, boshqalari Makkada qolib, ta’sirchan odamlarni muhofaza qilish choralarini izlashga ahd qildilar. Bu — Habashistonga birinchi hijrat sifatida ma’lum edi. Keyinchalik, sakson uchta erkak va o’n sakkizta ayol guruhi Habashistonga o’tib ketdi. Bu — o’sha mamlakatga ikkinchi hijrat deb nom oldi. Ba’zi sahobalar har ikkala hijratda ham ishtirok etishgan. Qurayshlar ko’chishlarni yoqtirmasdi, o’z huzur-halovatlarini o’ylashardi. Ular Habashistonga (qirolga, saroy ahli amaldorlariga va ruhoniylarga) kamtarona sovg’alar bilan vakil jo’natishdi.
Vakillar avval boshliqlarga va raqiblarga uchrashdi, ularga sovg’alarni berib, saroy xizmatchilarini o’z tomonlariga og’dirishga muyassar bo’ldilar. Xullas, o’sha guruh kirol saroyiga yo’l topgach, qirolga ta’zim qilishdi, undan keyin sovg’alarni topshirib, unga voqeani tushuntirishdi. Ular dedilarki:
«E, qirol! Jamoamizning ba’zi yoshlari ajdodlaridan meros qolgan e’tiqodlarini rad etishib, mutlaqo yangi dinga o’tishibdi, bu narsa bizning, qolaversa, sizning ham diningizga qarshilikdir. Ular kelib, sizning mamlakatingizga joylashib olishdi. Makka donishmandlari, ularning ota-onalari, qarindosh-urug’lari ularni o’z mamlakatlariga olib ketish uchun bizni yuborishdi. Ularni bizning ixtiyorimizga beri-shingizni o’tinib so’raymiz».
Qirol javob berdi:
«Bizga boshpana izlab kelgan odamlarni yaxshilab sinab ko’rmasdan sizlarning ixtiyoringizga berolmaymiz. Ularni huzurimizga chaqiraylik va gaplarini eshitib ko’raylik. Agar ularning murtadligiga sizlarning da’voingiz yetarli bo’lsa, biz ularni sizlarning ixtiyoringizga topshiramiz.»
Qirol shu munosabat bilan musulmonlarni o’z saroyiga yig’di. Ular avval juda hayajonlanishdi, nima qilishlarini bilmay qolishdi, ammo Olloh ularga jasorat ato etdi va ular qirol huzuriga borib, rost gapni aytishga ahd qilishdi. Ular qirol oldida paydo bo’lgach, uni olqishlashdi, salom berishdi. Saroy xizmatchilaridan kimdir yerli xalq udumiga ko’ra ta’zim qilmaganlikda ularga e’tiroz bildirdi.
Ular shunday deb tushuntirishdi:
«Bizning payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam Ollohdan o’zgalar oldida ta’zim qilishni bizga man etganlar».
Qirol ulardan o’zlarini qarshi da’vodan qanday muhofaza etishlariga isbot talab qildi. Ja’far (roziallohu anhu) o’rnidan turdi va qirolga shunday deb murojaat qildi:
«Ey, qirol, biz kamsitilgan bandalar edik. Biz na Ollohni va na uning payg’ambarini bilardik. Biz toshlarga sig’inardik. Yolaksa iste’mol qilardik va turli noxush hamda sha’nimizga nomunosib ishlar qilardik. Ota-onalarimiz oldidagi o’z burchimizni yaxshi ado etolmadik. Oramizda kuchlilar zaiflar evaziga yayrab-yashnadi. Nihoyat, qayta qadrlarni tiklashimiz uchun Olloh bizga bir payg’ambar berdi. Tabiatan hotam, xush muomalali, niyati xolis, musaffo hayoti bizning oramizda mashhur. U bizni Ollohga ibodat qilish uchun da’vat etdi, u bizni butlarga va toshga sig’inishni tashlashga chaqirdi. U bizdan to’g’ri muomalani talab etdi va ahloqsizlik qilishni ta’qiqladi. U bizni rost gapirishga, yaxshi niyatli, qarindosh-urug’larga marhamatli bo’lishga, qo’ni-qo’shnilarga yaxshilik qilishga o’rgatdi. Payg’ambardan biz namoz, ro’za (tutish) ni, zakot va yaxshi muomalani, barcha pastkashliklardan, qon to’kishdan saqlanishni o’rgandik. U zinoni, yolg’on so’zlashni, yetimlar merosini o’ziniki qilib olishni, birovlarga tuxmat qilishni, nomunosib ishlar qilishni ta’qiqlagan. U bizga Qur’onni — Ollohning ajoyib kitobini o’rgatdi. Shuning uchun biz unga ishondik, unga ergashdik va uning ta’limotlari asosida ish ko’rdik. Shu boisdan yurtdoshlarimiz bizni ta’qib qila boshlashdi, qiynamoqchi bo’lishdi, ular bizni o’z e’tiqodidan voz kechadi, yana butlarga bosh egadi, deb o’ylashgan. Ta’qib, ozorlarning cheki ko’rinmasdi, biz o’z payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ruxsati bilan sizning mamlakatingizda boshpana topdik».
Qirol dedi:
«Payg’ambaringiz (sallollohu alayhi vasallam) sizlarga o’rgatgan Qur’ondan biror narsa eshitaylik.»
Ja’far (roziallohu anhu) «Maryam» surasining boshlanishidan bir oz tilovat qildi, bu qirol va ruhoniylar qalbiga shunchalik ta’sir qildiki, ularning yonoqlaridan soqollarigacha ko’z yoshlari oqib tushdi. Qirol ta’kidladi: «Xudo haqqi, bu so’zlar, ha, bu so’zlar Muso (alayhissalom) ni eslatadi! Bu so’zlar yagona bir chiroqning nurlaridir!»
U Quraysh elchisiga qochoqlarga albatta boshpana berishini aytdi. So’ngra hafsalasi pir bo’lgan, uyatga qolgan elchilardan biri dedi:
«Ularga nisbatan qirol g’azabini qo’zg’atish uchun men shu rejani o’ylab topgan edim».
Baribir ba’zilar bunday gaplarga ishonishmadi (chunki undan keyin ular o’zlari bezraygancha qolishdi), qirol ularga quloq solgani yo’q. Ertasi kuni ular yana qirolni g’azablantirishdi: go’yo ana shu bid’atchilar Iso (alayhissalom) ni rad etishibdi, uning ilohiyligiga, xudojo’yligiga ishonishmabdi. Musulmonlar yana saroyga to’planishdi. Bu safar ular yanada ko’proq hayajonda edilar. Qirol ularning Iso (alayhissalomga) e’tiqodi haqida xabar berganida, ular deyishdi:
«Biz Olloh payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallamga, nimani aytgan bo’lsa, shunga ishonamiz, ya’ni u Ollohning payg’ambari va quli, Ollohning so’zini cho’lga va pokiza Maryamga u yetkazdi».
Negus dedi: «Iso (alayhissalom) o’zi bundan ortiq hech narsa demadi». Ruhoniylar unga qarshi pichirlay boshladi ammo qirol Negus quloq solmadi. U sovg’a keltirgan vakillar oldiga qaytib bordi va musulmonlarga dedi:
«Boring va xotirjam yashayvering. Agar birov sizga noo’rin muomala kilsa, qattiq jazo oladi».
Shu munosabat bilan saroy bayonoti e’lon qilindi.
Bu, mamlakatda musulmonlarning obro’sini oshirdi va Quraysh vakillari ruhan tushgan holda qaytib ketishga majbur bo’ldilar.
Quraysh elchisining Habashistondagi mag’lubiyati va musulmonlarning uning ustidan qilgan tantanalari, mushriklar g’azabining oshishiga sabab bo’ldi. Umar (roziallohu anhu) ning Islomga o’tishi olovga yog’ quygandek bo’ldi. Ular ahvolni yanada mushkullashtirib yuborishdi. Ish shunga bordiki, Quraysh rahbarlaridan ko’pchiligi Muhammad sallollohu alayhi vasallamni ochiqdan-ochiq o’ldirish niyatida til biriktirishdi, xullas, muqaddas ishni chippakka chiqarmoqchi bo’lishdi.
Zero, ularning barchasi musulmon emas edi, ular orasidagilarning ko’plari ham Muhammad sallollohu alayhi vasallamning qatl etilishiga rozi bo’lishmadi.
Quraysh jamoasi shu sababli Banu Hoshim, uning qabiladoshlari yoki ulardan birortasi, rahbarlar yoki Banu Hoshimga aloqador kimsalar bilan munosabatda bo’lishi, buyum olishi yoki sotishini to ular Muhammad sallollohu alayhi vasallamning o’lim jazosidan voz kechmagunlariga qadar, Banu Hoshim va uning boshliqlarini ijtimoiy ta’qiqlovchi farmon chiqarishga ahd qildi. Ular barchasi bu hujjatni Nubuvvatning 7-nchi yili, birinchi muharramida imzolashdi, o’ralgan kog’oz Ka’baga osib qo’yildi. Hukm ijrosini kutardi. So’ngra uzoq uch yil ichida, payg’ambar sallollohu alayhi vasallam barcha oila a’zolari bilan birgalikda vodiyga berkitib qo’yildi, bu joy Makkaga olib boradigan daralardan biri edi. Uch yil davomida na ular birovni, na birov ularni ko’rdi. Ular Makkadan biror narsa xarid qilolmas, bironta ham savdogar tashqaridan kirolmas edi. Agar biror kimsa bu tabiiy qamoqxona atrofida ko’rinsa u rahm-shafqatsiz ravishda kaltaklanardi, agar u biror narsa so’rasa, butunlay rad etilardi.
Tezda musulmonlarning g’amlagan oziq-ovqatlari tamom bo’ldi. Ularning ayollari, ayniqsa, bolalar va emizikli chaqaloqlar ochlikdan yig’lashardi, bu ular uchun o’z ochliklaridan ko’ra og’irroq edi. Ana shu davrning oxirgi damlarida, ularning tirikchiligi ozgina taomdan iborat edi, u taomni hoshimiylar xotinlarining boshqa qabilaga turmushga chiqqan erlari tun qorong’usida vodiyga maxfiy ravishda olib o’tishgan edi. Nihoyat, Olloh sharofati bilan, uch yil o’tgach, o’ralgan qog’ozni oq chumolilar yeb tugatishgach, ta’qiq ham o’zgardi.
1 2 3 4 5 >>> |